Kanada ham Falastinning tan olinishini qo‘llab-quvvatlaydi – Karni 

Olam

image

Ottava BMTda Falastin davlatini tan olishga intilmoqchi. Bu haqda Kanada hukumati rahbari Mark Karni ma’lum qildi.

“Kanada Isroil va Falastin aholisi uchun tinchlik va xavfsizlikni kafolatlaydigan ikki davlat tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb yozdi Bosh vazir Karni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Ottava “barcha tashkilotlarda ushbu maqsadga erishish uchun faol ishlaydi”, shu jumladan BMTning ushbu masalaga bag‘ishlangan konferensiyasidagi Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Kanada Isroil hukumatining G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatning tez yomonlashishiga yo‘l qo‘yganini qoralaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2025 yil sentyabrida Falastin davlatligini tan olish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakati bu qadamni keskin qoralashi va Falastin davlati tashkil etilishini o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rishini aytdi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham Qo‘shma Shtatlar Fransiyaning Falastin davlatini tan olish niyatida qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Falastin Isroil Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing