Kamsitilgan migrantlar: Qirg‘iziston TIV Rossiyadan holatni tekshirishni talab qildi (video)
Olam
−
22 yanvar
12942Avvalroq, Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilish ob’ektlarida o‘tkazilgan reydlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari migrantlarni cho‘kkalab yurishga majburlagani haqidagi video tarqalib, jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgandi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Yekaterinburgdagi muhojirlarga qarshi o‘tkazilgan reydda g‘ayriinsoniy usullar qo‘llangani yuzasidan Rossiya rasmiylariga murojaat qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Federal xavfsizlik xizmati (FSB), Ichki ishlar vazirligi, Rosgvardiya va Sverdlov viloyati prokuraturasi hamda Yekaterinburg shahar boshqarmasi xodimlari shahardagi qurilish ob’ektlarida tekshiruv o‘tkazgan. Ushbu reyddan olingan surat va videolarda esa xavfsizlik kuchlari xodimlari o‘nlab muhojirlarni qatorga qo‘yib, o‘tirishga majbur qilgani aks etgan. Ayrim muhojirlarning yerga tiz cho‘kib o‘tirgani tasvirga olingan.
“Ichki ishlar vazirligi vakillari ko‘p qavatli uylar barpo etilayotgan bir qancha qurilish ob’ektlarini atroflicha ko‘zdan kechirdi. Jami 100 dan ortiq migrantlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Tergovchilar tomonidan migratsiya qonunchiligini buzgan 12 nafar shaxs aniqlanib, ichki ishlar organlariga ularni mamlakatimiz hududidan chiqarib yuborish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi. 2023 yilda politsiya xuddi shu qonunni buzgan jami 2586 kishini aniqladi. 2024 yilda bu kabi ishlar viloyatning barcha hokimliklarida davom ettiriladi", degan Ichki ishlar vazirligining Sverdlov viloyati boshqarmasi matbuot kotibi Valeriy Gorelix mahalliy nashrlardan biriga bu haqda so‘z ochib.
Yekaterinburgdagi reyd shakli Rossiyaning o‘zida ham qoralangan, ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokama qilingan. Undagi holat ijtimoiy tarmoqlarning ayniqsa, qirg‘iz segmentida shov-shuv bo‘lib, sharhlovchilar rasmiy Bishkekni bunga munosabat bildirishga chaqirgan.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Yekaterinburgdagi Bosh konsullik orqali tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.
Vazirlik Yekaterinburgdagi 3 ta qurilish ob’ektida 150 nafar xorijlikdan 40 nafari Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lganini tasdiqlagan. Biroq qirg‘izistonliklar tomonidan migratsiya qonunchiligi buzilmagani aytilgan. Respublika TIV alohida axborot bilan chiqib, unda Bosh konsullik Rossiyaning nazorat organlari huquq-tartibot organlari mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi usullardan foydalanishining qonuniyligini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada ishlovchi mehnat migrantlari orasida Qirg‘iziston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etadi. 2023 yil sentyabrida "Rossiyskaya gazeta" mamlakatda Qirg‘izistondan kelgan 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari borligi haqida yozgandi.
LiveBarchasi