Kamron Habibulloh O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga chaqirilmaydi
Sport
−
15 may
19568O‘zbekistonda tug‘ilib, hozirda AQSHda to‘p tepayotgan futbolchi Kamron Habibullohning futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Olimpiadada ishtirok etishi haqiqatdan yiroq holat. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ustozi Temur Kapadze QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
“Men bu futbolchini tanimayman ham. Shunaqa futbolchi borligini endi bildim. Olimpiada uchun kengaytirilgan ro‘yxat allaqachon kerakli joyga taqdim etilgan. Ro‘yxatda esa bu bolaning nomi yo‘q. Qaysidir manbalar bu futbolchini yanada tanitish uchun shunaqa xabarlar tarqatayotgan bo‘lsa kerak”, deydi Kapadze.
Qayd etilishicha, 20 yoshli Kamron Habibulloh hozirda Kanada U-20 jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hozirda unda Afg‘oniston fuqaroligini olish varianti ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Kapadze Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovning Olimpiadada qatnashishi bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritgandi.
LiveBarchasi