Kampir-obodni O‘zbekistonga bermaymiz – Toshiyev

Olam

image
0:00
0:00
download
O‘sh voqealari, Karimov va Otunbayeva. O‘zbeklar qirg‘ini qanday ro‘y bergandi? north_east

O‘sh voqealari, Karimov va Otunbayeva. O‘zbeklar qirg‘ini qanday ro‘y bergandi?

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati O‘zgan tumani aholisi O‘zbekiston bilan yer almashishga qarshi chiqmoqda. Ular muddatsiz miting boshlaganini e’lon qildi.

Odamlar hududiy masalalar aholi fikri inobatga olinmasdan hal etilayotganidan norozi. Asosiy norozilik Kampir-obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga o‘tishiga bo‘lmoqda.

Namoyish ortidan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi, chegara bo‘yicha Hukumatlararo komissiya raisi Qamchibek Toshiyev viloyatga yetib borgan va aholi bilan uchrashgan.

Toshiyev hukumat aholi fikrini bee’tibor qoldira olmasligini ta’kidlab, O‘zbekistonga suv omborini bermasligini aytgan.

“Biz osmondan tushmaganmiz. Xalq talabi – biz uchun oliy talab. Sizlar Kampir-obodni bermaslikni so‘rayapsizlarmi, biz uni bermaymiz”, degan Toshiyev va namoyishchilardan tarqalishni so‘ragan.

Vaziyatni hal qilish uchun tomonlar kichikroq hududlarni almashish borasida muzokaralarni boshlagani ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bilan kelishuvga ko‘ra, quyidagi hududlar Qirg‘izistonga o‘tdi:

•    Kok-Serek – 105 ga;

•    Ala-Buka tumanidagi Boyaston – 212 ga;

•    Qora-Suv tumanidagi Oq-Tosh – 100 ga;

•    Qora-Beles – 25 ga;

•    Namangan va Jalol-obod viloyatlari oralig‘idagi G‘ovasoy – 8 ming ga;

•    Ungar-Too tog‘idagi yerlar – 35 ga.

Bular evaziga O‘zbekiston Kampir-Obod suv omboridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Shahrixonsoy kanali joylashgan 50 ga hudud ham rasmiy Toshkentga beriladi. Buning evaziga Qirg‘iziston O‘zgan tumani hududiga 50 ga qo‘shib oladi.

Avvalroq, O‘sh viloyati Qora-Suv tumani aholisi Kampir-Obod suv ombori yaqinidagi 50 gektar yerni O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqandi. Toshiyev o‘shanda ham aholi bilan uchrashib, O‘zbekiston tomoni bilan shartlarni qayta ko‘rib chiqishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

2049

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing