Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Jamiyat

image

Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining ko‘chalaridan biriga uning nomi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorda:

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish;

yosh iste’dodli ijodkorlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovini tashkil etish va uni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib borish belgilandi.

Shuningdek, Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

stipendiya Kamoliddin Behzod

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing