Kamilla Rahimova “US Open” uchinchi davrasiga yo‘l oldi

Sport

image

Kecha, 2 sentyabr kuni o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova (jahon reytingida 92-o‘rin) AQSH ochiq chempionatida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi davrada ispaniyalik Oksana Selexmetovaga (93) qarshi kortga chiqqan  Kamilla Rahimova dastlabki setni 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Rahimovaning to‘liq ustunligi ikkinchi setda ham davom etdi va u raqibasini 6/0 hisobida mag‘lub etib, qiyinchiliksiz keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Endilikda uchichi davrada Kamilla Rahimovaga so‘nggi ikki yilda ketma-ket mazkur turnirda chempion bo‘lgan jahon reytingi yetakchisi, beloruslik Arina Sobolenko raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, “US Open” mavsumning so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib, joriy yilning  13 sentyabrga qadar Nyu-Yorkda o‘tkaziladi. Musobaqa qattiq qoplamali kortlarda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mavsumda ispaniyalik Karlos Alkaras musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing