Kamilla Rahimova Mayami turnirini muvaffaqiyatli boshladi

Sport

−

image

Kecha, 16 mart kuni AQSHning Mayami shahrida WTA 1000 toifasiga kiruvchi “Miami Open” turniri start oldi. Musobaqaning saralash bosqichi dastlabki bahsida Kamilla Rahimova g‘alaba qozondi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 9 mln 415 ming 725 dollarni tashkil etadigan turnirning saralash bahslarida O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raketkalari – Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeyeva ham kortga chiqdi. 

Kamilla Rahimova dastlabki saralash bahsida fransiyalik Leoliya Janjanga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni tay-brekda boy bergan Rahimova keyingi ikki setda qaytish amalga oshirib 6/7(1), 7/5, 6/0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mariya Timofeyeva esa saralashning dastlabki uchrashuvida avstraliyalik Lulu Sunga 4/6, 6/7(5) hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Endi bugun, 17 mart kuni Rahimova turnirning asosiy bosqichiga yo‘llanma beruvchi bahsida dunyoning 68-raketkasi, avstraliyalik Talia Gibsonga qarshi kortga chiqadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing