Kamilla Rahimova dunyoning to‘rtinchi raketkasiga qarshi kortga chiqdi

Sport

image

Bugun, 7 mart kuni O‘zbekistonning 1 raketkasi Kamilla Rahimova AQSHning Indian-Uells shahridagi WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda dunyoning 4 raketkasi Koko Gauffga qarshi kortga chiqdi va imkoniyatni boy berdi. 

Dunyoning 4-raqamli tennischisi musobaqaning ikkinchi bosqichida WTA reytingida 88-o‘rinni egallab turgan o‘zbekistonlik Kamilla Rakhimovani mag‘lub etdi. Uchrashuv Gauffning ketma-ket setlarda 6/3, 7/6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

1 soat 59 daqiqa davom etgan kurashning ikkinchi seti tay-brekkacha yetib bordi va unda amerikalik tennischi ustun kelib, uchrashuv taqdirini hal qildi.

Koko Gauff o‘yin davomida birorta ham eys amalga oshira olmadi, biroq 20 ta breyk-point imkoniyatidan 7 tasidan foydalandi. Shuningdek, u 10 ta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi. Kamilla Rakhimova esa 1 ta eys amalga oshirdi, 3 ta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi hamda 13 ta breyk-point imkoniyatidan 5 tasini unumli foydalandi.

Uchinchi bosqichda Gauff Dayana Yastremskaya va Aleksandra Eala o‘rtasidagi juftlik g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Kamilla Rahimova Koko Gauff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing