Kamaru Usman mendan qo‘rqadi – Hamzat Chimayev

Sport

image

Chechen millatiga mansub shvetsiyalik UFC jangchisi Hamzat Chimayev UFC'ning yengil vazn toifasidagi chempioni Kamaru Usmanni qo‘rqoqlikda aybladi. U bu haqda YouTube'dagi “The MacLife” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Hamzat Chimayevning iddaosicha, Kamaru u bilan jang qilish o‘rniga faoliyatini yakunlashni afzal ko‘radi.

“Ko‘ramiz, men Kamaru Usmon va Leon Edvards o‘rtasidagi to‘qnashuv g‘olibi bilan jang qilamanmi? Agar Kamaru g‘alaba qozonsa, menimcha, u jangga qaytishdan oldin uzoq tanaffus oladi. U hattoki nafaqaga chiqishi ham mumkin. O‘ylashimcha, bu yigit mendan juda qo‘rqadi. Chunki Usman har doim faoliyatini yakunlash niyati borligi haqida gapiradi. Umid qilamanki, Usmon Edvards ustidan g‘alaba qozonadi va men u bilan jang qilaman. Ammo u uzoq vaqt bizning jangimizga rozi bo‘lmasa, Xorxe Masvidal ham ko‘p gapira boshlaydi. Shunda men Masvidalning yuzini sindirishimga to‘g‘ri keladi”, degan Chimayev.

Ma’lumot uchun, Chimayev oxirgi jangini 2022 yilning aprelida Gilbert Byorns qarshi o‘tkazib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Kamaru Usman Hamzat Chimaev

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing