Braziliyalik jangchi Chimayevni qo‘rqoqqa chiqardi

Sport

image

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Paulo Kosta 2024 yilning mart oyida mag‘lubiyatsiz seriyaga ega bo‘lgan Hamzat Chimayev bilan jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda braziliyalik jangchi o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

“Men zudlik bilan UFC'dan Chimayev va men uchun Saudiya Arabistonida jang tashkil qilishini so‘rayman. Yaqin Sharqdagi turnir uchun bundan yaxshiroq to‘qnashuvni tasavvur qila olmayman. Men uni mag‘lub etishni istayman. Ammo u men bilan bog‘lanishdan qo‘rqayotganga o‘xshaydi”, deb yozdi Kosta o‘z sahifasida.

Aslida Paulo Kosta va Hamzat Chimayev 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 294 turnirida jang o‘tkazishi kerak edi, ammo braziliyalik sportchi sog‘lig‘idagi muammolar tufayli jangdan bosh tortdi. 

Ma’lumot uchun, Chimayev UFC'da umumiy 13 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 16 marta oktagonga ko‘tarilib, 14 ta to‘qnashuvda zafar quchgan, 2 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Hamzat Chimaev Paulo Kosta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing