Kaliforniyadagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

AQSHning Kaliforniya shtatida noma’lum shaxs tomonidan sodir etilgan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi yaralandi. Bu haqda “Los Angeles Times” gazetasi xabar berdi.

Voqea 29 noyabr kuni kechqurun Stoktondagi ziyofat zalida, oilaviy bayram marosimida sodir bo‘lgan. Otishma qurbonlari va yaralanganlar orasida kattalar ham, bolalar ham bor. Gumonlanuvchi ozodlikda qolmoqda.

Sherif idorasi vakili Xizer Brentning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tergov voqea qasddan uyushtirilgan hujum ekanini ko‘rsatmoqda. Tergovchilar boshqa yo‘l-yo‘riqlarni ham izlamoqda.

Voqea guvohlari otishmani bo‘yi 170 santimetr bo‘lgan, qora shim kiygan erkak sodir etganini aytgan.

Stokton vitse-meri Jeyson Lining aytishicha, otishma bolaning tug‘ilgan kuni kechasida sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Montana shtati Anakonda shahridagi barda sodir bo‘lgan otishmada ham 4 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

otishma Kaliforniya shtati Xizer Brent Jeyson Li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing