“Kalyari” Shomurodovni to‘liq sotib olmoqchi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va transfer huquqlari  Rimning “Roma” klubiga tegishli bo‘lgan Eldor Shomurodov faoliyatini hozir to‘p tepayotgan “Kalyari”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiya OAV xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik forvardning yorqin o‘yini fonida Sardiniya jamoasi ustozi Klaudio Raneri Shomurodovni asosiy tarkibning ajralmas futbolchisi sifatida ko‘rmoqda.

“Kalyari” Shomurodovning samaradorligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilyapti. Klub “Roma” bilan amaldagi ijara shartnomasida sotib olish variantini faollashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. “Kalyari” ijarada to‘p tepayotgan Shomurodovning shartnomasidagi 10 million yevrolik sotib olish bandini  faollashtirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Shomurodov joriy mavsum Italiya A Seriyasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 5 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Kal'yari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing