“Kalmar o‘yini” real hayotga ko‘chyapti
Madaniyat-san’at
−
20 may 2023
28550AQSHning Netflix kinoplatformasi joriy yilning kuzida Janubiy Koreyaning “Squid Game” (“Kalmar o‘yini”) seriali asosida yangi realiti-shou namoyish etishga va’da berdi. Bu xaqda “Deadline” internet nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, “Squid Game: The Challenge” nomli realiti-shou premerasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Unda 456 nafar ishtirokchi 4,56 million dollar miqdordagi yutuq uchun kurashadi. Bu tarixdagi eng ko‘p mukofot puli va’da qilingan shou hisoblanadi.
“Realiti-shou o‘n qismdan iborat bo‘ladi. Loyiha ishtirokchilari ushbu serialda ko‘rsatilgan bir qator o‘yinlarda real hayotda ham kurash olib boradi. Shuningdek, bellashuvga yangi shartlar ham kiritilgan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq realiti-shouning tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etganlar o‘zlariga qilingan “shafqatsizlarcha” munosabat uchun Netflix’ni sudga bermoqchi bo‘lgan edi. O‘shanda o‘nlab o‘yinchilar musobaqa doirasida soatlab sovuqda turishga majbur qilingan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda “Kalmar o‘yini” ishtirokchilarning omon qolish yo‘lidagi shafqatsiz kurashi haqidagi film “Netflix” tarixidagi eng mashhur serial deb topilgan. Film premyeradan so‘ng 25 kun ichida 111 million marta tomosha qilingan.
Sevara Azimova
LiveBarchasi