Kafansiz ko‘milganlar. Sho‘rolar qatag‘on qilgan jadidlar xotirasiga bag‘ishlanadi

Intervyu

Sobiq Sovet Ittifoqi 70 yil mobaynida Turkiston xalqlariga shunday zulm va sitamlar qilinganki, buni hech qachon unutib bo‘lmaydi. Sho‘ro hukumati 1920, 1937-1938, 1952 yillarda mustaqil Turkiston g‘oyasini ilgari surayotgan Jadidchilik harakatining vakillariga nisbatan qatag‘on siyosatini olib bordi va o‘lkadagi aql egalarini jismonan yo‘q qila boshladi. Xo‘sh, jadidlar kim, ularning maqsadi nima edi va ular nima uchun yo‘q qilindi?

1917 yil 28 fevral kuni Rossiya imperiyasida yuz bergan inqilob 300 yildan ortiq vaqt mobaynida hukmronlik qilib kelayotgan Romanovlar sulolasini ag‘darib tashladi. 1917 yilning oktyabr oyida Lenin boshchiligidagi Bolsheviklar partiyasi hokimiyatni egallab oldi. Bolsheviklar davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgach, zo‘ravonlik va yolg‘onga asoslangan davlat tuzishga kirishdi. Ular yolg‘on va’dalar bilan Turkiston o‘lkasini Sovet hukumati tarkibiga qo‘shib oldi.

Bolsheviklar Turkiston o‘lkasini kelajakda mustaqil davlat bo‘lmasligi uchun bu o‘lkani 1925 yilda mayda-mayda bo‘lkalarga bo‘lib yubordi. Turkiston ziyolilari o‘lkada Yevropa mamlakatlariga o‘xshash rivojlangan davlat tuzish g‘oyasini ilgari surishdi. Ammo, Turkiston xalqini o‘ziga tobe qilib olmoqchi bo‘lgan Sho‘ro hukumati, mustaqillik g‘oyasini targ‘ib etayotgan ziyolilarni birma-bir yo‘q qildi.

Sovet Ittifoqida qatag‘onlar to‘lqini uch davrga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqich 1920 yillarni, ikkinchi bosqich 1937–1938 yillarni, uchinchi bosqich 1950–1953 yillarni o‘z ichiga oladi.

SSSR Ichki ishlar xalq komissariligi 1937 yil 10 avgustidan 1938 yil 1 yanvarigacha bo‘lgan vaqtda O‘zbekiston bo‘yicha jami 10700 kishi “Bosmachi”, degan nom bilan qamoqqa olgan. Ulardan 3613 kishi otuvga, 7087 nafar inson 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Lekin  bu hali hammasi emas edi.

Bu qatag‘on to‘lqini tinmadi. NKVDning qirg‘in mashinasi, hatto urush davrida ham to‘xtamadi. O‘zbek xalqi Ikkinchi jahon urushida jonkuyarlik va fidoyilik ko‘rsatishiga qaramasdan 1950 yilda yana ziyolilar “davlat hoyini”, “chet el josusi”, degan tuhmat bilan qilichdan o‘tkazildi. Ming-minglab begunoh insonlar Rossiyaning eng chekka va sovuq o‘lkalariga surgun qilindi.
Jadidlar o‘z oldilariga Turkistonda milliy uyg‘onish davrini yuzaga keltirish, o‘lkada iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy islohotlar o‘tkazish. Milliy mustaqillik g‘oyalarini hayotga tatbiq etish kabi maqsadlarni qo‘yishgan edi. Ammo, mustabid tuzim ularni yo‘q qildi. 

Sho‘ro davrida qatag‘on qilingan jadidlar haqida tayyorlangan “Kafansiz ko‘milganlar” tarixiy filmni bugun 19:30 da QALAMPIR.UZ‘ning YouTubeʼdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Unda sobiq Sovet Ittifoqi davrida “Vatan hoyini”, “Bosmachi” va “Chet el josusi” degan yolg‘on bo‘htonlar bilan yo‘q qilingan Turkiston ziyolilar haqida so‘z boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Jadidlar Bosmachi Qatag'on Chet el josusi

Baholaganlar

202

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing