Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning mehmonxonaga aylantirilgan uyi davlatga qaytarildi

Jamiyat

image

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan noyob tarixiy bino – jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning uyi davlat tasarrufiga qaytarildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. 

“150 yillik ushbu inshoot ko‘rkam Buxoro me’morchiligining mukammal saqlanib qolgan noyob namunasidir”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Uning bildirishicha, ushbu uy nafaqat unda mashhur jadid vakili yashaganligi, balki aynan shu yerda ilk yangi usul maktablaridan biri ochilgani, unda turli fanlar bepul o‘qitilgani bilan ham mashhurdir. 

Uy oxirgi vaqtlarda u xususiy mukl hisoblanib, mehmonxonaga aylantirilgan bo‘lgan. 

Mirziyoyevaga ko‘ra, endilikda ushbu uyda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan muzey tashkil etiladi. Unda nafaqat ekspozitsiya joylashtirilishi, balki ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun ham sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Jadidlar Usmonxo'ja Po'latxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing