“Kafansiz ko‘milganlar”. 30-yilgacha qatag‘on qilingan 120 kishi oqlandi

Jamiyat

image
Kafansiz ko‘milganlar. Sho‘rolar qatag‘on qilgan jadidlar xotirasiga bag‘ishlanadi north_east

Kafansiz ko‘milganlar. Sho‘rolar qatag‘on qilgan jadidlar xotirasiga bag‘ishlanadi

1930 yilgacha qatag‘on qilingan 120 kishi oqlandi. O‘tgan 2021 yilning dekabr oyida Oliy sudga 120 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishi kelib tushgan edi. Bugun, 6 yanvar kuni esa, ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va Jinoiy-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 120 nafar shaxs oqlandi. Bu haqda sud majlisida ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbiri Nozima Nazirova xabar bermoqda. 

Sud hayati quyidagilarni aniqladi

Birinchi ishda – Oliy sud raisi o‘rinbosari tomonidan O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) hay’atining 1925 yil 4 sentyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra javobgarlikka tortilgan Mirza Ibragimov Mir Axur va jami 43 nafar shaxsga nisbatan yuritilnan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 

Unga ko‘ra, 1925 yil jami 43 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi SSSR JKning 61-moddasi (xorijiy malakatlar yoki ijtimoiy guruhlar foydasiga og‘ish), qalbaki hujjatlardan foydalangan holda urushni e’lon qilish hamda sovet davlatiga qarshi kurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etish, 67-moddasi (aksilinqilobiy tashkilotlarga a’zolik qilish) va 69-modda (inqilobiy harakat va proletaryat sinfiga qarshi faol harakat yoki kurashish) ya’ni fuqarolar urushi vaqtida aksilinqilobiy xukumat tuzishda aybli deb topilib, surgun jazosiga xuqm qilinib, ularga tegishli mol-mulklar musodara etilgan.

Ikkinchi ishda – Appax Xodja Asqar Xodjayev va jami 40 kishiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ishni o‘rganish davomida quyidagilarni aniqladi. 

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili huzuridagi Uchlik yig‘inining 1930 yil 24 yanvardagi qaroriga ko‘ra, Appax Xodja Asqar Xodjayev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi SSSR JKning 78-moddasi (banditizm) sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, surgun va eng og‘ir jazo – otishga hukm qilinib, otilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

Uchinchi ishda – Abduraximov Mirza Xodja va jami 15 kishiga nisbatan  jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930 yil 24 martdagi bayoniga ko‘ra, Abduraximov Mirza Xodja va boshqalarO‘zbekiston SSR JKning 67 va 78 moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, surgun va eng og‘ir jazo – otishga hukm qilinib, otilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

To‘rtinchi ishda – Mansurbekov Muxammad Sodiq va jami 5 kishi oid jinoyat ishi sud hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi ishni o‘rganish davomida quyidagilarni aniqladi.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930 yil 25 yanvardagi bayoniga ko‘ra, Mansurbekov Muxammad Sodiq va boshqalar O‘zbekiston SSR JKning 67 va 78 moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, O‘rta Osiyodan surgun qilinib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

Beshinchi ishda – Safarov Tog‘ay Amin va jami 12 kishi oid jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ishni o‘rganish davomida quyidagilarni aniqladi. 

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930 yil 19 martdagi bayoniga ko‘ra, Safarov Tog‘ay Amin va boshqalar (jami 12 kishi) O‘zbekiston SSR JKning 
67 va 78 moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, O‘rta Osiyodan surgun qilinib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

So‘ngi ishda – Sharif Xodjayev Sadriddin Xon va jami 5 kishiga oid jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.

Rossiya Federativ Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Inqilobiy tribunali Turkiston Sovet Respublikasi Markaziy Ijroya Qo‘mitasining 1921 yil 23 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, Sharif Xodjayev Sadriddin Xon va boshqalar (5 kishi) O‘zbekiston SSR JKning 67 va 78 moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilganlar. 

Sud hay’ati ish materiallarini o‘rganish davomida yuqorida nomi qayd etilgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishini yuritishda bir qator protsessual talablar buzilgani, xususan, ularning himoya huquqi, keltirilgan faktlar tasdig‘ini topmaganini inobatga olgan holda O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 120 nafar shaxsni oqladi.
 
Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat bo‘y ko‘rsatdi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida 38-yilgacha qatag‘on qilingan 23 kishi oqlangandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud qatag'on qilingan

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing