161 nafar qatag‘on qurboni oqlandi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 6 may kuni sovet tuzumi davrida turli ayblovlar bilan qatag‘on qilingan 161 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 5 may kuni Oliy sudga Turkfrontning Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy kengashi qoshidagi Farg‘ona maxsus bo‘limi hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1920-1934 yillardagi qarorlariga ko‘ra bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berishda, qurolli to‘da tuzishda, sovet hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olonlar hamda aksilinqilobiy harakatini amalga oshirganlikda ayblangan bir guruh o‘zbekistonliklarga oid jinoyat ishlari kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Bugun, 6 may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarilgan.

Qayd etilishicha, keyingi yillarda sovet davrida qatag‘on qilingan 1 236 nafar o‘zbekistonlik reabilitatsiya qilinib, oqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1930-1938 yillarda sud hukmi bilan nohaq jazoga tortilgan 198 nafar shaxs oqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud qatag'on qatag'on qurboni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing