Kadastr tizimida o‘zgarishlar bo‘ladi
Jamiyat
−
26 dekabr 2019
10863Kadastr va geofazoviy axborot agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning bu haqdagi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya negizida va davlat kadastri davlat qo‘mitasi qoshida Kadastr va geofazoviy axborot agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga muvofiq, quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
• Davlat kadastrlarini yuritish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash;
• Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, manzilli reyestr, hududlarning davlat kadastrini yuritishni tashkil qilish;
• Yagona davlat kadastrlari tizimi, Milliy geografik axborot tizimi, Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi, Doimiy amal qiluvchi turgan joyni aniqlovchi global yo‘ldosh stansiyalari milliy tarmog‘i, kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalangan axborot tizimi – elektron hukumat tizimining bazaviy platformasi tarkibiy elementlarini ishlashini ta’minlash;
• ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulkni yoppasiga kadastr baholash, fazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani, texnik boshqaruv va standartlashtirish tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash orqali takomillashtirish;
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning shaffof va umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan tizimining amal qilishini ta’minlash;
• ko‘chmas mulk ob’ektlarini ommaviy kadastr baholashni tashkil qilish va amalga oshirish;
• ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulkni ommaviy kadastr baholash, fazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
• ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulkni ommaviy kadastr baholash, fazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalarida mutaxassislarni qayta tayyorlash va muntazam malakasini oshirishni tashkil qilish;
• xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida zamonaviy texnologiyalar va standartlarni joriy etish.
LiveBarchasi