Toshkent viloyatida Kadastr agentligi xodimi kaltaklandi (video)
3-sahifa
−
10 may
8009Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida kaltaklangani aks etgan video tasvirlar sizdirildi. Holat yuzasidan agentlik munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ro‘y bergan. Ushbu manzilda yashovchi fuqaroning qo‘shnisi tomonidan yo‘l berkitilib, devor qurilganligi yuzasidan yo‘llangan murojaatni agentlik xodimi joyiga chiqib o‘rganish davomida janjalli holat yuzaga kelgan.
"Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. Holatga albatta huquqiy baho beriladi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi