Kadastr sohasida ham elektron davlat xizmatlaridan foydalanish taklif etildi

Jamiyat

image

Kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nusxa olishni soddalashtirish haqida taklif “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida e’lon qilindi.

Taklifga ko‘ra, hozirgi vaqtda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish aholiga juda ko‘plab qulayliklar yaratayotgani va endilikda bu xizmatlarni kadastr sohasiga ham joriy etish zarur ekanligi aytilgan.

Taklif egasi hozirgi paytda kadastr xizmatlaridan foydalanishda ko‘plab ovoragarchiliklarning mavjud ekanligi va ularni bartaraf etish uchun zamonaviy choralarni qo‘llash kerakligini bildirgan.

Taklif quyidagicha: 

1-bosqichda yuridik yoki jismoniy shaxslar kadastr yig‘majildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda, undan yangi nusxa olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga buyurtma beradi; 

2-bosqichda 2 ish kuni mobaynida uning egasi arizasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘majildining mulk egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi. Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘majildining har bir varag‘iga tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi mas’ul xodimi tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda Davlat xizmatlari markaziga yuboradi; 

3-bosqichda Davlat xizmatlari markazi tomonidan hokim qarori, oldi-sotdi shartnomasi, sud karori bo‘lgan taqdirda birinchi betiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan muhr uriladi va yuridik yoki jismoniy shaxsga beriladi. 

Qayd etilishicha, shu tarzda mazkur xizmatni joriy etish ko‘plab qulayliklarni yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mening fikrim

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing