“Mening fikrim” portalining mobil ilovasi yaratiladi
Jamiyat
−
11 fevral 2020
43772017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid
davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
2020 yilning 1 mayiga qadar “Mening fikrim” veb portali faoliyatini yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu portal orqali elektron jamoaviy murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomni tasdiqlanadi. Veb-portalning hisobotlar va statistika modulini takomillashtiriladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-portalning mobil ilovasini yaratiladi.
Shuningdek, veb-portalga kelib tushayotgan murojaatlarni ommaviy axborot vositalarida deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etish nazarda tutilgan.
LiveBarchasi