Hokimlar har chorakda TV orqali hisobot berishi taklif qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mahalliy hokimlarning har chorakda tele va radiokanallar orqali hisobot berish tartibini joriy qilish taklif qilindi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shu mazmundagi petitsiya e’lon qilindi.

“Viloyat va tuman (shahar) hokimlari tele va radiokanallar orqali aholiga har chorakda hisobot taqdim etib borsa, bu orqali jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi, eng kamida efir vaqtida murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etiladi”, deydi murojaat muallifi.

Ta’kidlanishicha, shu orqali xalq bilan samarali muloqot tashkil etiladi, ularga islohotlar mazmuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlar orqali yetkaziladi, rahbar xodimlar, hokimlarning mas’uliyati ortadi.

“Shu sababli, viloyat va tuman (shahar) hokimlarining tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobot taqdim etib borish amaliyotini joriy etishni taklif qilaman”, deydi petitsiya muallifi.

Avvalroq, mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni bepul qilish to‘g‘risidagi petitsiya joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mening fikrim hokim hisobot

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing