Kabayevadan tortib Abramovichgacha. Zelenskiy 2,5 ming rossiyalikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Bugun, 20 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining rossiyalik ishbilarmonlar, jumladan, “Novatek” rahbari Leonid Mixelson, Arkadiy Rotenberg, Mixail Proxorov, Roman Abramovich, senator Sulaymon Kerimov va boshqalarga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha qarorini kuchga kiritdi. Bu haqda Prezident saytida e’lon qilingan hujjat matnida aytiladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar Vladimir Lisin, Tatyana Bakalchuk, God Nisanov, Samvel Karapetyan, Dmitriy Ribolovlev, Yelena Baturina, Araz Agalarov, Yevgeniy Kasperskiy, shuningdek, Irina Viner-Usmonova, Darya Jukova va boshqalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, ro‘yxatda Ella Pamfilova, Alina Kabayeva (Putinning ma’shuqasi), Andrey Patrushev, Artur va Aleksandr Dugin, Tina Kandelaki, Konstantin Ernst, Ivan va Igor Sechin, Vladislav Deinego (tan olinmagan LXR Tashqi ishlar vaziri), Andrey Fursenko, Aleksandr Zaldostanov, Vladislav Surkov, Lev Xasis, Mixail Mizinsev, Nikolay Pankov, Pavel va Liliya Rotenberg, sportchilar Aleksandr va Fedor Yemelianenko, Yevgeniy Plushenko bor. Tasdiqlangan ro‘yxatga Ukrainada yirik aktivlarga ega bo‘lgan Oleg Deripaska va “Alfa-Bank” hamta’sischisi Mixail Fridman kiritilmagan, biroq uning ikkita qizi bor.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, shuningdek, Rossiya yuridik shaxslari, jumladan, “Rostelekom”, “Alfabank”, Rossiya to‘g‘rian-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi, “Rusgidro” va “Alrosa”ga nisbatan ham sanksiyalar kiritdi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining “Rossiya” maxsus parvoz otryadi” Federal davlat unitar korxonasi, “Rosgosstrax”, “Qozon vertolyot zavodi” OAJ, “Kamaz” AJ, “Suxoy fuqarolik samolyotlari” OAJ, Moskva kredit bankiga sanksiya kiritildi.

Ro‘yxatda jami 1374 ta kompaniya bor. Jismoniy shaxslar ro‘yxatida 2507 nafar familiya mavjud. Sanksiyalar besh va 10 yil muddatga qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing