“Qo‘yliq” yaqinida falokatning oldi olindi
Jamiyat
−
10 iyul 2019
4902Kecha, 9 iyul kuni Toshkent shahar Bektemir tumani “Qo‘yliq” dehqon bozori yonida falokatning oldi olindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.
9 iyul kuni soat 21:40 atrofida “Qo‘yliq” dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘rib befarq bo‘lmagan aholining sa’y-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘z vaqtida yetib kelgan. Yordamga oshiqqan ayrim fuqarolarning to‘xtab turishga majbur qilgan qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayolning hayotini saqlab qoldi.
Shundan so‘ng fuqaro hudud IIB bo‘linmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Suhbat natijasida fuqaro 1992 yil 15 iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tug‘ilgan A.B. ekanligi, turmush o‘rtog‘i B.E. bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro A.B. ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassilar jalb qilingan.
LiveBarchasi