“Qo‘yliq” bozori yo‘l qurish uchun olib qo‘yiladi

Jamiyat

image

Toshkent halqa avtomobil yo‘liga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi munosabati bilan “Qo‘yliq” dehqon bozori hamda “Triumvirat-Qurilish” MCHJga qarashla “Qo‘yliq” savdo majmuasi davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yiladi va mulk evaziga kompensatsiya to‘lanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining “Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi 387-m-sonli maxsus farmoyishiga asosan “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi Toshkent halqa avtomobil yo‘liga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo‘l o‘tkazgichlar qurish taklifiga rozilik berilgani eslatilgan.

Hujjatda Toshkent shahar, Bektemir tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘li bo‘ylab joylashgan quyidagi mulk ob’ektlari olib qo‘yilishi belgilangan.

Bozorlar o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya berilganidan so‘ng, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladi.

Korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ochiq portal ma’lumotlariga ko‘ra, Tursunmurodov Sherzod Norbutayevich (33,30 foiz), Saipov Yusufjon Zairjanovich (33,40 foiz) va Mirzaxmedov Atxam Turgunovich (33,40 foiz) “Triumvirat-Qurilish” MCHJ ta’sischilari hisoblanadi.

“Qo‘yliq dehqon bozori” OAJ ta’sisichilari orasida esa “Toshkent shahar hokimligi munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi (85,20 foiz) va "Erkin savdo va mehnat jamoasi" (14,80 foiz) bor.


Maqola muallifi

Teglar

bozor Qo'yliq

Baholaganlar

750

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing