Quyichirchiqda portlagan uy 2016 yilda qurilgan namunali uy bo‘lgan
Jamiyat
−
11 noyabr 2019
9867Avvalroq, bugun, 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Surum” mahallasidagi uylarning birida gaz to‘planib, chaqnashi oqibatida portlash yuz bergani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, holat soat 08:30 da Quyichirchiq tumani, Surum MFY xududida joylashgan, 2016 yilda qurib bitkazilgan namunali uylarning 1-xonadonida qayd etilgan.
Gaz chaqnashidan xosil bo‘lgan yong‘in oqibatida xonadon ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan. 4 nafari (3 nafari voyaga yetmaganlar) turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi