“Quyoshli xonadon”larga kechikkan subsidiyalarni to‘lash boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga joriy yilning aprel-may oylari uchun subsidiya summalarini to‘lash boshlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel-may oylarida 60 193 nafar jismoniy shaxs “Quyoshli xonadon” dasturidan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 156 mlrd 125 mln so‘m (156 million 125 ming 388 kVt/soat) davlat byudjetidan subsidiya oladi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati – 29,1 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati – 27,1 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 19,1 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek va imtiyozlar”xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing