Quyoshda Yerdan ham kattaroq plazma ajralib chiqdi (video)
Bu qiziq
−
20 noyabr 2025 10943 1 daqiqa
Bugun, 20 noyabrga o‘tar kechasi Yerdan 80 baravar kattaroq bo‘lgan plazma Quyoshda shakllanib, undan ajralib chiqdi. Bundan uch kun oldin ham Quyoshda shu kabi holat kuzatilgan. Bu haqda "RIA novosti" xabar berdi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, “Quyoshdan “qirol protuberansi” ajralib chiqqan.
20 noyabr kechasi Quyoshning shimoliy qutbida, o‘rtacha ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada katta bo‘lgan ulkan quyosh ko‘rinishining shakllanishi va otilishi kuzatilgan. Ajralish vaqtida plazma tuzilmasining kattaligi bir million kilometrdan oshgan, bu Yer diametridan 80 baravar ko‘p demakdir.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday bahaybat tuzilmaning paydo bo‘lishiga Quyoshning ort tomonida joylashgan hodisalar sabab bo‘lgan. Hozircha bu jarayonni bevosita kuzatish imkoniyati yo‘q. E’tiborlisi shundaki, uch kun avval ham taxminan shu hududdan katta plazma buluti otilib chiqqani qayd etilgan.
Olimlar ushbu ikkala hodisa – oldingi plazma chiqarilishi va bugungi ulkan ko‘tarilish – ehtimol bir xil faollik markazi, ya’ni 4274-raqamli hudud bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Ushbu hudud yaqinda Yerdan ko‘rinadigan holatda bo‘lgan va yilning eng kuchli ikki chaqnashini – X5.1 va X4.0 sinfidagi portlashlarni keltirib chiqargan. Hozir esa u Quyoshning ko‘rinmaydigan tomonida joylashgan.
Komila Qobilova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025