Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Bu qiziq

image

Bugun, 15 oktyabr kuni olimlar so‘nggi oylardagi eng kuchli Quyosh chaqnashlaridan birini qayd etdi. Shuningdek, yaqin soatlarda bundan ham kuchliroq chaqnash kuzatilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti huzuridagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 15 oktyabr kuni Quyoshda faollik sezilarli darajada oshgan. Bu hodisa kecha, 14 oktyabr kuni prognoz qilingan.  Olimlarning aytishicha, bugun Quyoshdagi chaqnashlar kuchi bo‘yicha so‘nggi bir necha oylik eng yuqori cho‘qqiga chiqishi mumkin.

“Grafiklar Quyosh fon nurlanishining uzluksiz o‘sishini ko‘rsatmoqda – u sutka ichida 4 baravar oshdi va M darajasiga yaqinlashmoqda. Boshqacha aytganda, Quyosh hozir portlashsiz ham kuchli chaqnash darajasidagi rentgen nurlarini hosil qilmoqda”, deyiladi laboratoriya xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘nggi to‘rt oy ichidagi ikkinchi eng kuchli hodisa hisoblanadi. Shu bilan birga, joriy yil yoz boshidan beri ilk bor, X darajadagi (juda kuchli) chaqnash qayd etilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oxirida olimlar so‘nggi uch oy ichidagi eng kuchli magnit bo‘ronini qayd etgan edi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, shunday darajadagi oxirgi bo‘ron 1 iyun kuni kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh Quyosh chaqnashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing