Quyoshda xavfli qora dog‘lar paydo bo‘ldi – olimlar
Bu qiziq
−
18 may 5122 2 daqiqa
Quyoshning orqa tomonida yirik dog‘lar guruhi shakllandi. Bu haqda Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
So‘nggi yillardagi eng xavfli faollik markazlaridan birini Solar Orbiter kosmik apparati qayd etgan.
“So‘nggi bir yil ichida Quyoshda bunga tenglasha oladigan biror narsani tezda eslash qiyin. Ham hajmi, ham Quyosh diskidagi joylashuvi bo‘yicha bunga eng yaqin holat xotiramizda faqat ikki yil avval sodir bo‘lgan – bu 2024 yilning may oyi birinchi yarmida kuzatilgan 3664-raqamli sohadir. O‘shanda bu yerda yuz bergan qator portlashlar va ularning Yerga bergan zarbalari so‘nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo‘ronini keltirib chiqargan edi”, deya qayd etadi olimlar.
Ularning ta’kidlashicha, tarixdagi eng kuchli chaqnashlarning barchasi istisnosiz rekord darajadagi yirik faollik sohalarida sodir bo‘lgan.
Yerdan turib kuzatilganda, Quyosh o‘z o‘qi atrofida to‘liq bir aylanishni to‘rt haftada amalga oshiradi. Taxminan bir haftadan keyin ushbu faollik sohasi Yer sayyorasining ko‘rish maydonida – quyoshning chap chetida paydo bo‘ladi. Uning eng xavfli pozitsiyaga, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri Yerning ro‘parasiga o‘tishi uchun yana bir hafta kerak bo‘ladi.
Olimlarning qayd etishicha, ikki hafta – bu Quyosh dog‘lari guruhi uchun juda katta muddat. Bu vaqt ichida ular paydo bo‘lishga, bir qator chaqnashlarni keltirib chiqarishga va g‘oyib bo‘lishga ulgurishi mumkin. Shu sababli, 14 kundan keyin ushbu guruhdan nima qolishini oldindan aytib bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yer sayyorasi eng yirik iqlim falokatiga duch kelishi ehtimoli borligi – olimlar bundan 150 yil avval o‘n millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan yangi El-Nino siklini kutayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi