Quvvat olayotgan smartfondan foydalanish qanchalik xavfli?
Texnologiya
−
26 dekabr 2020
15233Smartfon quvvat olayotgan paytda quvvatlantiruvchi qurilma qiziydi. Shu bois, smartfon quvvat olayotganda gaplashish zarur bo‘lsa, uni qurilmadan uzib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu haqda "Telecom daily" axborot-tahlil agentligi direktori Denis Kuskov aytib o‘tgan.
Mutaxassis ta’kidlaganidek, zamonaviy hayot ritmida gadjetlarni bir kunda bir necha marta quvvatlantirish kerak.
"Baxtimizga, hozirda ko‘plab qurilmalar tez quvvatlantirish funksiyasiga ega, shunda atigi 10-15 daqiqada telefon quvvatining to‘rtdan bir qismi tiklanadi", degan Kuskov.
Ta’kidlanishicha, ayniqsa tezkor rejimda quvvatlantirishda qurilma qiziydi. Agar smartfon g‘ilof bilan qoplangan bo‘lsa, xavf yanada ortadi.
"Shuning uchun, telefon quvvat olayotganda gaplashish kerak bo‘lsa, qurilmani elektr tarmog‘idan uzgan ma’qul", degan ekspert.
Shuningdek, mutaxassisning aytishicha, agar suhbat o‘ta muhim bo‘lsa va smartfon ham yetarlicha quvvat olmagan bo‘lsa, telefon karnayi orqali gaplashish kerak.
"Bu holda siz smartfonni qo‘lda ushlamaysiz, xavfsizlik nuqtai nazaridan bu juda yaxshi", deb tushuntirgan Kuskov.