Quvib o‘tish qoidasini buzgan Matiz haydovchisi 13 yashar qizning o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘onada Matiz Nexia’ni quvib o‘tayotganda 13 yoshli qizaloqni urib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, YTH Toshloq tumani Qashqar qishlog‘i hududidan o‘tgan 4K-842 Zarkent–Qal’acha avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Matiz hamda Nexia o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, Matiz haydovchisi o‘ziga nisbatan bitta yo‘nalishda harakat qilib kelayotgan Nexia’ni quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘l chetidagi 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan. 

Xabarga ko‘ra, 13 yoshli piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. 

Hozirda tezkor tergov guruhi hamda mutasaddi xodimlari bilan birgalikda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing