Qo‘shrabotda “raygaz” boshlig‘i murojaatchini xonasidan quvib chiqardi (video)
3-sahifa
−
15:44 7843 1 daqiqa
Kecha, 6 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani “Navkat” mahallasida yashovchi fuqaro hamda “Qo‘shrabottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videoda aks etgan murojaat yuzasidan filial tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro va tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i o‘zaro yarashgani aniqlangan. Shuningdek, fuqaroga tegishli murojaat ijobiy hal etilgani ham qayd etilgan.
Bundan tashqari, “Qo‘shrabottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, natijada unga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, mazkur holatdan so‘ng gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i emas, balki videoni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fuqaro chiqish qilib, yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi