Qarshida 1,4 mlrd so‘mlik gaz o‘marildi
3-sahifa
−
17 fevral 1532 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.E. “Shoyxo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonida tashkil etilgan issiqxonani umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida ko‘p qavatli uyda 9,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi