Samarqandga sel keldi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida kuchli shamol va yomg‘irlar sababli turli talofatlar kuzatilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 9 fevral kuni Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli shamol kuzatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shrabot tumanining “Qo‘shtamg‘ali”, “Jo‘shota” va “Katta Oqmasjid” mahallalarida kuchli shamol oqibatida ayrim joylarda elektr simyog‘ochlari hamda ba’zi yashash uylari tom qismi zarar ko‘rgan.

Shuningdek, Samarqand va Qo‘shrabot tumanlari hududida ko‘p miqdordagi yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel kelib, oqib o‘tgan.

Ayni paytda viloyat hokimi boshchiligida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tabiiy ofatdan tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 10–13 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib kelishi haqida ogohlantirish bergandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand sel Qo'shrabot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing