Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat etilgan edi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati 2020 yil 15 martga qadar uzaytirildi. 

Respublikaning barcha hududlarida bittadan oliy ta’lim muassasasida Hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.

Talabgorlar 2020 yil 15 martga qadar doimiy yashash hududida tashkil etilgan ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim bo‘ladi:

- ariza (joyida to‘ldiriladi);
- reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;
- pasport nusxasi.

Ta’kidlanishicha, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar tomonidan Hududiy ishchi guruhlarga zarur hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq holatda taqdim etilganda, so‘zsiz qabul qilinadi.

O‘qishni ko‘chirishda hech qanday imtihon olinmaydi.

“Hamyurtlarimizdan o‘z xizmatlarini taklif qiladigan turli firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqiramiz”, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborotida.

Avvalroq, Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha dolzarb savollarga javob berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing