Qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
11 iyul 2019
5708O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kirish tartibi belgilandi.
Oliy ta’lim vazirligi Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinvolarida ishtirok etadilar;
2-bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.
Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan quyidagi OTMlarga qo‘shimcha joy ajratildi:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Oliy adabiyot kursi” magistratura mutaxassisligiga davlat granti asosida qo‘shimcha 10 ta;
Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga sirtqi ta’lim shakli uchun to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha 200 ta.
LiveBarchasi