Qo‘shma shtatlar: Oq uydan ikki kilometr uzoqlikda otishma yuz berdi (video)

Olam

image

Kecha, 22 iyul kuni AQSHda mamlakat Prezidenti qarorgohi — Oq uydan atigi ikki kilometr uzoqlikda otishma yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda

Qayd etilishicha, mamlakat poytaxti Vashingtonning gavjum qismida yuz bergan otishmada ikki kishi jarohat olgan.

“Ikkala jabrlanuvchi ham hushida va nafas olmoqda. Ular mahalliy shifoxonalarga yuborilgan”, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da 14 va Riggs ko‘chalarining kesishmasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, jinoyatchi hali qo‘lgan olinmagan. Politsiya gumondorni qidirmoqda. U sariq sviter kiyib olgan va mahalliy raqam taqilgan qora avtomobilda qochib ketgan. Voqea guvohlarining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, hodisa vaqtida 20-30 ga yaqin o‘q ozovlari eshitilgan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatni “qurolli zo‘ravonlik” epidemiyasi qamrab olganini bir necha bor ta’kidladi. Voqea sodir bo‘lishidan bir kun oldin, 21 iyulda u mamlakatda umumiy hisobda jinoyatlar soni kamayib borayotgan bo‘lsa-da, o‘qotar quroldan o‘lim soni ko‘payotganini qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Oq uyga Prezident Baydenning oldiga qurol bilan kirmoqchi bo‘lgan ayol hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Oq uy Vashington Bayden

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing