Qo‘shko‘pirda paxtani qo‘shib yozishning oldi olindi

Jamiyat

image

Paxtani qo‘shib yozish illati o‘zining uzoq yillik "tarixi"ga ega. Bu holat deyarli har yili paxta yig‘im-terim mavsumida kuzatiladi. Kimdir zavodga paxta topshirayotganda, yana boshqasi hisobot berayotganda, xullas qo‘shib yozishlar har doim bo‘lib kelgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda  Xorazm viloyatidagi "Qo‘shko‘pir paxta tozalash" AJ mansabdor shaxslari "S.R." fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, jamiyatga kirim bo‘lgan 2 ming 490 kilogramm paxta xom ashyosini qayta jamiyatga topshirish uchun olib kirgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan "Qo‘shko‘pir paxta tozalash" AJ mansabdor shaxslari, "S.R." fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qo'shib yozish Qo'shko'pir

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing