Moliya vazirligi qo‘shimcha to‘lov olmaganidan shikoyat qilayotgan shifokorlarga javob qaytardi
Jamiyat
−
07 may 2020
14734Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarining o‘ziga belgilangan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqab turibdi.
Ajratilgan pullarning vaqtida egalariga yetib borishi va ortiqcha tushunmovchiliklar bo‘lmasligi uchun Moliya vazirligi matbuot kotibi Dildora Jo‘rayeva sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga murojaat bilan chiqdi.
“Hurmatli sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari! Davlat tomonidan belgilangan qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda, Moliya vazirligining ishonch telefoni (71 2030050) yoki @murojaat_mf_bot orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!”, deydi vazirlik vakili.
Ma’lumot o‘rnida, bugun 7 may holatiga binoan 54,9 milliard so‘m 15 ming 825 nafar shaxsga qo‘shimcha to‘lov sifatida to‘langan.
Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov olgan xodimlar soni 14 ming 301 nafarni tashkil etadi. Ularga jami 22 milliard 832 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari, 14 kunli faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovini 1524 nafar tibbiyot xodimlari olgan. Shu maqsadda ularga 32 milliard 48 million so‘m ajratilgan.
LiveBarchasi