Qurol – tinchlikka eltuvchi yo‘ldir – Stoltenberg

Olam

image

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga harbiy yordamni ko‘proq berishga chaqirdi, chunki “qurol – tinchlikka eltuvchi yo‘l”. Bu haqda NATO matbuot xizmati bugun, 5 yanvar kuni Bryusselda Bosh kotibning Norvegiya korxonalar konfederatsiyasining Oslodagi yillik konferensiyasidagi nutqidan keyin tarqatilgan bayonotida aytiladi. 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainani, jumladan, qo‘shimcha qurollar bilan qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Stoltenbergning matbuot xizmati uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: 

“Aslida qurol-yarog‘ tinchlikka yo‘ldir”. 

Hujjatda, shuningdek, Stoltenberg ittifoqchilarning mudofaaga ko‘proq sarmoya kiritishi, avtoritar rejimlarga qaramlikni yo‘qotishi, erkinlik va demokratiya uchun birgalikda turishi zarurligini ta’kidlagani aytiladi. 

Avvalroq “The New York Times” Shimoliy Atlantika alyansi vakillariga tayanib, NATO davlatlari Ukrainaga jami 40 milliard dollarlik qurol-yarog‘ o‘tkazganini, bu Fransiyaning yillik harbiy byudjeti bilan taqqoslanganini xabar qilgan edi. Shu bilan birga, NATOning 30 ta davlatidan 20 tasi Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini tugatgan, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari ayniqsa og‘ir ahvolga tushib qolgan. Tashkilotning qolgan 10 a’zosi esa yetkazib berishni davom ettirish imkoniyatini saqlab qoldi. Ular orasida Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya bor. 

O‘z navbatida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina haqiqatda AQSH tomonidan nazorat qilinayotganini va Rossiyaga qarshi qo‘chqor sifatida foydalanilayotganini aytdi. Davlat rahbari Kiyevga qurol yetkazib berish jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing