Qurol savdosi bilan shug‘ullangan 22 kishi hibsga olindi

Olam

image

Yevropa davlatlarining huquq-tartibot idoralari qo‘shma operatsiya davomida noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullangan 20 dan ortiq kishini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 3 aprel kuni reydlarni qo‘llab-quvvatlagan Yevropa politsiya agentligi (Europol) ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, reyd davomida asosiy e’tibor faqat yorug‘lik, tutun yoki ovoz effektlarini yaratadigan signal qurollariga qaratilgan. Bunday qurollar o‘q otish uchun emas, balki signal yuborish (tutunli signal yoki ovozli signal) uchun ishlatiladi. Biroq uni biroz o‘zgartirish orqali odatiy qurolga aylantirish mumkin. Oddiy qurollarni noqonuniy sotib olish qiyinroq va qimmatga tushgani uchun ham jismoniy shaxslar va uyushgan jinoiy guruhlar haqiqiy patronlarni otish uchun osonlik bilan o‘zgartiriladigan qurollarga tobora ko‘proq murojaat qila boshlagan.

Ruminiya va Bolgariya boshchiligidagi amaliyotda Yevropaning 31 davlati huquq-tartibot idoralari ishtirok etgan. Reydlar davomida jami 143 ta ob’ekt tintuv qilinib, 22 kishi hibsga olingan, 129 ta o‘qotar qurol hamda deyarli 1,5 ming dona o‘zgartirilgan va hali o‘zgartirilmagan signal va o‘ralgan qurollar aniqlangan. Bundan tashqari, 25 mingga yaqin o‘zgartirilmagan, konvertatsiya qilingan o‘q-dorilar, oltita qo‘l granatasi, 276 kilogramm dinamit, 299 ta detonator va 21 kilogrammdan ortiq porox musodara qilingan.

Topilgan qurollarning aksariyati Turkiyada ishlab chiqarilgan modellar bo‘lgan. Ushbu qurollar Yevropa Ittifoqiga olib kelingan hamda Bolgariya va boshqa mamlakatlarda qonuniy ravishda sotilgan. Biroq, sotilgandan so‘ng, ular ko‘pincha chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan va Yevropa Ittifoqi ichidagi yoki tashqarisidagi boshqa mamlakatlarda haqiqiy qurolga aylantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Bolgariya Qurol savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing