Qurol olib yurishga doir qo‘shimcha taqiq va sanksiyalar joriy qilindi

Jamiyat

image

“Qurol to‘g‘risida”gi Qonunga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid bir qator tuzatishlar kiritildi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.

Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurishga doir huquqiy tartib belgilandi. Sovuq qurol deganda kasbiy faoliyatda, ishlab chiqarish yoki sport faoliyatida yoxud xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan quyidagi ashyolar tushuniladi:

•    sanoat usulida yoki qo‘lbola tarzda yasalgan tig‘li, kesuvchi ashyolar – pichoqlar, bigizlar va boshqa uchi o‘tkirlangan sanchiladigan, kesuvchi ashyolar;
•    jismoniy kuch ishlatilganda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar – beysbol bitalari, softbol o‘yini uchun bitalar.

O‘zbekiston hududida bunday buyumlarni  quyidagi maqsadlarda olib yurish taqiqlanadi:

a) o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida;

b) jamoat joylarida:

•    ochiq (g‘ilofsiz) holda, shu jumladan shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda olib yurish;
•    ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida va xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda olib yurish.

Quyidagilarni olib yurganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi:

•    sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida va xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurganlik uchun – BHMning ½ qismi va 1 BHMgacha miqdorda jarima;
•    sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida va xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda jamoat joylarida, xuddi shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurganlik uchun – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilgan yoki musodara qilmagan holda 1 BHMdan 5 BHMgacha miqdorda jarima solinadi.

Bundan tashqari, quyidagilarni ishlab chiqarish, ta’mirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, mamlakat hududiga olib kirish va undan olib chiqish, shuningdek mamlakat hududi orqali tranzit qilish mazkur ashyolarni musodara qilib, 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solinishiga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi:

•    tig‘ining yoki keskichining uzunligi 90 mm dan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud og‘irlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda o‘rnashadigan tig‘li sovuq qurol va pichoqlarni;
•    qurol sifatida qo‘llash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi ta’sirga ega ashyolar – gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglar va boshqa ashyolarni.

MJTKning yangi moddalari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqiladi, huquqbuzarlar ichki ishlar organlari tomonidan ushlanadi.

Shuningdek sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘llagan holda qasddan badanga jarohat yetkazganlik uchun jinoiy sanksiyalar belgilandi:


Maqola muallifi

Teglar

qurol

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing