Qo‘rqinchli tun. Rossiya Kiyevga ballistik raketalar uchirdi (foto)

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari bugun, 13 dekabrga o‘tar kechasi Ukraina poytaxti Kiyevga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda "Ukrainskaya pravda" xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, shaharga ballistik raketalar uchirilgan, ularning barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Raketa qoldiqlari shaharning chap qirg‘og‘iga, Darnitskiy va Dnepr tumanlariga tushgan.

Kiyev rasmiylarining xabar berishicha, havo hujumi oqibatida 53 kishi, jumladan, olti nafar bola jarohatlangan, ulardan 20 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Dnepr tumanida ko‘p qavatli uyning fasadi raketa parchalari sababli shikastlangan, uyning o‘zida yong‘in sodir bo‘lgan. Kiyev meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, uydan 15 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola evakuatsiya qilingan.

Shuningdek, Klichko Ukraina poytaxtining Dneprovskiy va Darnitskiy tumanlaridagi ikkita xususiy uyda yong‘in chiqqani, bir qator avtomobillarga zarar yetkazilganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Dnepr viloyatidagi shifoxona zarar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kiev raketa hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made