Qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak – Mirziyoyev

Jamiyat

image
Qurilish maydonlarida havoni ifloslantirganlik uchun javobgarlik belgilandi north_east

Qurilish maydonlarida havoni ifloslantirganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 may kuni seysmik xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishish jarayonida qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat loyiha institutlarining mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazilgan. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida ko‘p qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik xavfsizligini ta’minlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi. Binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi.

Ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq devorbop materiallardan keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga 2025 yil 1 avgustdan boshlab “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berilishi haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

sifat Mirziyoev xavfsizlik seysmik xavfsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing