Qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatining Sariog‘och tumanidagi qurilish maydonida O‘zbekiston fuqarosi A.B. balandlikdan qulab tushdi va vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumning jasadini vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qurilish

Baholaganlar

25

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing