Qurilishda daraxtlarni shikastlantirganlik uchun javobgarlik belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ayrim qonun hujjatlarga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda kecha, 21 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonunda so‘z boradi.

O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Bundan tashqari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi ham belgilab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatida 4 tup yong‘oq daraxtlarini hech qanday ruxsatnomalarsiz kesib tashlagan fuqaro tabiatga 247.500. 000 so‘m miqdorida zarar keltirgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston daraxtlar javobgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing