Qurilish vaziri Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi
Jamiyat
−
11 may 2019
8436Qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, xalq deputatlari Shayxontohur tumani kengashining 10 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida To‘xtayevning nomzodi bir ovozdan ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Abduqahhor To‘xtayev 1996-1999 yillarda ham Shayxontohur tumanini boshqargan.
U 2005—2011 yillarda Toshkent shahri hokimi bo‘lgan, 2013—2016 yillarda “O‘zLITIneftgaz” kompaniyasi rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Jizzax shahri hokimi, 2017 yilning aprelida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi. 2018 yilning aprelida esa Abduqahhor To‘xtayev yangi tashkil etilgan Qurilish vazirligiga rahbar bo‘lgandi.
LiveBarchasi