Qurilish tashkilotlariga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi
Jamiyat
−
13 aprel 2023
8004Qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda keltirilgan.
Mazkur farmonga ko‘ra, pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uy-joylarni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bitta qavat uchun kredit olish huquqi berildi. Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo‘yish va kredit olish mumkin edi.
Shuningdek, qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Banklar o‘z hisobidan beradigan kreditlarini davlat tomonidan qayta moliyalashtirish amaliyoti davom ettiriladi.
Bunda qurib bitkazilmagan uyni sotib olish uchun fuqaro bankdan 24-26 foizdan kredit oladi va uy bitguniga qadar (1-2 yil davomida) to‘lovlarni ushbu foizdan amalga oshiradi. Uy bitganidan keyin ushbu kredit davlat tomonidan qayta moliyalashtirilib, 18 foizlik kreditga aylanadi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibi uzaytirildi. Bunda, kompensatsiya – har bir uy-joy uchun kreditning 5 mlrd so‘midan, kafillik – 2,5 mlrd so‘midan oshmagan miqdoriga beriladi.
Qayd etilishicha, 2025 yil 1 yanvarga qadar yuqori markali sement, arralanadigan yog‘och, fanera, taxtadan yasalgan opalubka va oynani import qilishda bojxona bojining 0 stavkasi qo‘llaniladi.
LiveBarchasi