Qurilish kompaniyasi rahbari davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rgan – MXDQ

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) qurilish kompaniyalaridan birining direktorini davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi. 

“Imomidin Toshov qidiruvda bo‘lgan Tilekmat Kurenov (AQSHda bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi) va boshqa buzg‘unchi shaxslar bilan birgalikda uyali aloqa vositalaridan foydalanib, ommaviy mitinglar o‘tkazish, ijtimoiy muammolarni ko‘tarish va hokimiyatni egallashni rejalashtirgan”, deyiladi xabarda. 

Jumladan, gumonlanuvchi jinoiy rejalarini amalga oshirish maqsadida doimiy ravishda hokimiyatni egallab olishga tayyorgarlikni moliyalashtirgan. 

“KG Group” qurilish kompaniyasi direktori bo‘lgan Toshov va Kurenovga nisbatan respublika Jinoyat kodeksining tijorat yoki boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvga berilgan. 

Avvalroq Toshov videobayonot bilan chiqib, unda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarini 100 million som (1,12 million dollar) undirishda ayblagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made